Oʻzbekistonning togʻli hududlarida 12-sentyabr kuni yomgʻir yogʻib, qorga aylanishi mumkin

00:33 12 Sentyabr 2022 Jamiyat
642 0

Foto: Arxiv surat

“Oʻzgidromet” Oʻzbekiston boʻylab 12-sentyabr kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-13°, kunduzi 24-26° boʻladi.

Qoraqalpogʻiston, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatiladi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatiladi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 25-30° boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar boʻlishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 22-27° boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, baland togʻlarda (2500 m dan yuqori) yomgʻir qorga aylanishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 15-20° boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер