Oʻzbekistonning oltini qancha?

17:35 23 Dekabr 2019 Iqtisodiyot
1662 0

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston qiymati 15,8 mlrd. dollardan ziyod 339 tonnadan ortiq oltin hajmiga ega.

Qayd etish lozim, 2019-yil boshida bu qiymat 14,6 mlrd. dollarga yetgan, ammo zaxiradagi oltin 16 tonnaga koʻproq, yaʼni 355 tonnani tashkil etgandi.

Gap shundaki, yil oxiriga kelib oltin narxi oshdi. Profinance sayti maʼlumotlariga koʻra, bugungi kunga kelib 1 troya unsiya oltinning sotib olishdagi narxi 1483,92 dollar, sotishdagi narxi esa 1484,22 dollarni tashkil etmoqda. Vaholonki, yanvarda bu qiymat 1323,25 dollarga teng edi.

Eslatib oʻtamiz, troya unsiyasi banklar va zargarlar tomonidan qoʻllaniladigan ogʻirlik oʻlchov birligi boʻlib, 31,1034768 grammga teng.

Umuman olganda, rasmiy zaxira aktivlarining umumiy qiymati 27,5 mlrd. dollarga teng boʻlib turibdi.

Davlat statistika maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston yanvar-noyabr oylarida umumiy qiymati 4,4 mld. dollardan ziyod oltin eksport qilgan. Shunday qilib umumiy eksportda oltinning ulushi 27 foizdan oshgan. Bu esa uni xorijga sotiladigan asosiy tovarga aylantirgan. Umuman olganda, mamlakatimizning ushbu davrdagi umumiy eksporti 16,2 mlrd. dollardan ortiqni tashkil etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер