Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy hamkorlik strategiyasini ishlab chiqamiz — Shavkat Mirziyoyev

12:55 09 Sentyabr 2021 Siyosat
430 0

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston tizimli va puxta oʻylangan, pragmatik faol tashqi siyosiy va iqtisodiy diplomatiyasini bundan keyin ham izchil davom ettirishini taʼkidladi:

—  Avvalambor, Markaziy Osiyoda xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, suv, energetika va transport, madaniy-gumanitar sohalardagi yaqin hamkorlikni sifat jihatidan yuqori bosqichga olib chiqamiz. Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy hamkorlik strategiyasini ishlab chiqamiz.

Rossiya, Xitoy va AQSH, shuningdek, Turkiya, Hindiston, Pokiston, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Birlashgan Arab Amirliklari kabi anʼanaviy hamkorlarimiz bilan munosabatlarni yanada rivojlantirish, tashqi aloqalarimiz geografiyasini kengaytirishga ustuvor ahamiyat qaratamiz.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti organlari va institutlari, global va mintaqaviy iqtisodiy, moliyaviy va gumanitar tashkilotlardagi faoliyatimizni kuchaytiramiz.

Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish boʻyicha aniq amaliy qadamlar qoʻyiladi.

Qoʻshni Afgʻoniston zaminida tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashga, jafokash afgʻon xalqiga qoʻlimizdan kelgan barcha yordamni ayamaymiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?