Oʻzbekistonning kriket jamoasi Hindiston jamoasini magʻlub etdi
Kriket ommaviyligi jihatdan futboldan keyingi oʻrinda turadi. Mazkur sport turini mamlakatimizda keng ommalashtirish maqsadida Oʻzbekiston kriket federatsiyasi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Kriketni keng targʻib etish, ayniqsa, yoshlar orasida ushbu sport turini ommalashtirish, qolaversa, iqtidorli sportchilarni erta aniqlash va terma jamoalarga jalb etish maqsadida poytaxtimizdagi “Yoshlik” sport majmuasida Oʻzbekiston kriket federatsiyasi Hindistonning mamlakatimizdagi elchixonasi bilan hamkorligida kriket boʻyicha oʻrtoqlik musobaqasi oʻtkazildi.
Unda Toshkentning "Anfa” kriket klubi Hindistonning Oʻzbekistondagi elchixonasi vakillari hamda mamlakatimizda yashab, turli sohalarda mehnat qilayotgan hindistonliklardan iborat “India Club Tashkent” jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Ayni paytda kriket boʻyicha jamoalarimiz orasida yetakchilik qilayotgan Toshkentning "Anfa” jamoasi raqibga munosib qarshilik koʻrsatdi. Ikki boʻlimdan iborat murosasiz oʻyinda "Anfa” “India Club Tashkent” jamoasini 2 ochko farqi bilan (119:121) magʻlub etdi.
"Bizni ushbu oʻyinga taklif etgani uchun Oʻzbekiston kriket federatsiyasiga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman. Oʻyin juda ham qiziqarli kechdi. Kriket sporti Hindistonda juda ham mashhur sport turi hisoblanadi va bizning jamoalar dunyodagi eng yaxshilar safida eʼtirof etiladi. Shuningdek, Hindiston ushbu sport turini jahon boʻylab targʻib qilishga harakat ham qiladi. Oʻzbekistonda kriket boʻyicha yaxshi jamoa shakllanib kelayotganidan juda xursandman. Hindiston elchixonasi Oʻzbekistonda kriketni qoʻllab-quvatlashga harakat qiladi. Shu fursatdan foydalanib, Oʻzbekistonning Hindistonga yuborgan gumanitar yordami uchun oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz", deydi Hindistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabhat.
"Hamkorlikda tashkil etilgan oʻrtoqlik uchrashuvida mamlakatimizda istiqomat qilayotgan hindistonlik, pokistonlik va afgʻonistonlik doʻstlarimiz muxlis sifatida ham kelib, oʻyinni kuzatib borishdi. Bunday bahslar kriketni ommaviyligini taʼminlash, yoshlar orasida rivojlanishiga turtki beradi. Qolaversa, "Anfa” jamoasi uchun bu kabi oʻyinlar tajribani boyitishga xizmat qiladi. Federatsiyamizning rivojlanishi yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlar xususida gapiradigan boʻlsam, avvalo biz xalqaro maydonga chiqishimiz uchun Xalqaro kriket kengashi tomonidan ayrim talablar qoʻyilgan va shu talablar ustida jadal suratlarda ish olib boryapmiz. XKKning asosiy talablariga koʻra Oʻzbekiston kriket federatsiyasining oʻz hisobida boʻlgan ikkita kriket maydoni boʻlishi shart. Shuningdek, erkaklar va ayollardan iborat sakkiztadan jamoalar tashkil etilishi kerak. Biz hozirda kriket maydonchalarining qurilish jarayonlari, jamoalarning shakllantirish ishlariga asosiy eʼtiborni qaratganmiz. Bundan tashqari, yoshlarni kriketga jalb etish va rivojlantirish maqsadida har oyda musobaqalar tashkil etayammiz", deydi Oʻzbekiston kriket federatsiyasi raisi Aziz Mixliyev.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring