Oʻzbekistonning iqtisodiy holati va tashqi savdo aylanmasidagi hududlar reytinggi. Qancha sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan?

Foto: Illustrativ surat
Statistika agentligi 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy holati haqidagi maʼlumotlarni taqdim etdi.
— yalpi ichki mahsulot hajmining oʻsish surʼati – 105,7 %
— sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi indeksi – 105,2 %
— qurilish ishlari hajmining oʻsish surʼati – 106,6 %
— chakana savdo tovar aylanmasi oʻsish surʼati – 112,3 %
— bozor xizmatlari hajmining oʻsish surʼati – 115,9 %
— qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligining oʻsish surʼati – 103,6 %
— tashqi savdo aylanmasi oʻsish surʼati – 118,6 %
— eksportning oʻsish surʼati – 115,9 %
— importning oʻsish surʼati – 120,4 %
— faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni – 592 371 ta
— transportda yuk tashishning oʻsish surʼati – 100,5 %
— transportda yoʻlovchi tashishning oʻsish surʼati – 105,6 %
— aholining real umumiy daromadlari oʻsish surʼati – 109,7 %
Shningdek, agentlik tomonidan 2022-yilda tashqi savdo aylanmasi hajmi hududlar kesimida reyting qilindi. Unga koʻra, 3 ta — Qoraqalpogʻiston, Andijon, Buxoro hududlari yetakchilar qatorida koʻrsatilmoqda.
— Qoraqalpogʻiston R. — 612 mln.
— Andijon viloyati — 4,3 mlrd.
— Buxoro viloyati — 1,2 mlrd.
— Jizzax viloyati — 688 mln.
— Qashqadaryo viloyati — 548 mln.
— Navoiy viloyati — 1,2 mlrd.
— Namangan viloyati — 1,3 mlrd.
— Samarqand viloyati — 2,4 mlrd.
— Surxondaryo viloyati — 373 mln.
— Sirdaryo viloyati — 814 mln.
— Toshkent viloyati — 5,6 mlrd.
— Fargʻona viloyati — 2,1 mlrd.
— Xorazm viloyati — 785,5 mln.
— Toshkent shahri — 19,5 mlrd. (AQSH dollari)
Bundan tashqari, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida respublikamizdagi mahalliy korxonalar tomonidan 551,1 trln. soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlsa, bu koʻrsatgich 2021-yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 105,2 % ni tashkil etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring