Oʻzbekistonning har bir hududida kamida bittadan ogʻir kasalliklari bor bemorlarga yordam koʻrsatuvchi xospislar tashkil etiladi

13:40 23 Fevral 2024 Jamiyat
949 0

Arxiv surat

2024-yil yakuniga qadar ehtiyojdan kelib chiqib, viloyatlar markazlari, shuningdek, Toshkent va Nukus shaharlarida kamida bittadan ogʻir gematologik, onkologik va klinik immunologik kasalliklari bor bemorlarga palliativ yordam koʻrsatuvchi xospislar tashkil etiladi.

Bu haqda kuni kecha qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmonida qayd etilgan.

Bunda, xospislarni tashkil etish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va faoliyatiga doimiy koʻmaklashish loyihalari uchun Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan grantlar eʼlon qilib borish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

Mazkur bandning toʻliq, sifatli va soʻzsiz bajarilishi uchun masʼullar etib Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari belgilandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?