Oʻzbekistonning elektr energiyasi eng arzon davlatlar reytingida turgan oʻrni aniqlandi

00:42 09 Dekabr 2021 Iqtisodiyot
1796 0

Britaniyalik ekspertlar dunyodagi eng arzon elektr energiyasiga ega mamlakatlar reytingini tuzdi. Bu haqda Cable.co.uk axborot agentligi xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston 230 mamlakat ichida yettinchi, Tojikiston oltinchi, Gvineya sakkizinchi oʻrinni egallagan.

Tadqiqotchilarning fikricha, respublikada bir kilovatt-soat elektr energiyasi 0,023 dollar turadi. Mamlakatda bu narx Qirgʻizistonnikidan qimmatroq. Xususan, Bishkekda bir kilovatt-soat 0,017 dollar, Toshkentda esa 0,027 dollar turadi.

Reytingga koʻra, dunyodagi eng arzon elektr energiyasi Liviyada. Aholi bir kilovatt-soat uchun atigi 0,007 dollar toʻlaydi. Eng qimmat elektr energiyasi Solomon orollarida boʻlib, u yerda bir kilovatt-soat elektr energiyasi narxi 0,591 dollarni tashkil qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?