Oʻzbekistonning doimiy aholisi soni yil boshidan buyon qanchaga oshgani maʼlum qilindi

11:43 26 Iyul 2021 Jamiyat
394 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-iyul holatiga koʻra, respublikaning doimiy aholisi soni 34,9 mln. kishini tashkil etmoqda.

Doimiy aholining oʻsish surʼati 101,9 % ga teng.

Mamlakatimiz aholisi yil boshidan har oyda oʻrtacha 50,2 ming kishiga koʻpaygan.

2021-yilning har bir kunida doimiy aholi soni oʻrtacha 1,7 ming kishiga oshgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?