Oʻzbekistonning davlat qarzi 26 mlrd dollarni tashkil etmoqda

08:50 22 Noyabr 2022 Iqtisodiyot
354 0

Foto: Arxiv surat

2022-yilning 1-iyul holatiga koʻra, Oʻzbekistonning davlat qarzi 26 mlrd dollarni tashkil etmoqda.

Shundan 23,36 mlrd dollar mamlakatning tashqi qarzi, 2,77 mlrd dollar ichki qarzi hisoblanadi.

Moliya vazirligiga koʻra, 2022-yilda Oʻzbekiston davlat qarzi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 35,1 foiz boʻlib, bu koʻrsatkich 2021-yil yakunida 38 foizni tashkil etgan.

Xalqaro valyuta jamgʻarmasining mamlakatlar iqtisodiyotiga bagʻishlangan hisobotida bugungi kunda Oʻzbekistonning davlat qarzi “moʻtadil” darajada deb baholangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?