Oʻzbekistonning Buyuk Britaniyadagi turizm brendi elchisi Sofi Ibbotson bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Foto: Халқ сўзи
30-noyabr kuni Bosh vazir oʻrinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimovning Oʻzbekistonning Buyuk Britaniyadagi turizm brendi elchisi Sofi Ibbotson bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston haqida katta bilimga ega boʻlgan S.Ibbotson 2019-yildan buyon Oʻzbekistonning Buyuk Britaniyadagi turizm brendi elchisi hisoblanadi. U Britaniyaning eng nufuzli sayyohlik nashri boʻlgan «Bradt Travel» uchun Oʻzbekiston boʻyicha qoʻllanma muallifidir.
Taʼkidlash kerakki, Sofi Ibbotson joriy yilning 30-noyabr kuni boshlangan “Ipak yoʻlidagi turizm” 27-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida spiker sifatida ishtirok etish, shuningdek, mamlakatimizda olib borilayotgan turizm sohasidagi eng soʻnggi islohotlar va yangi qurilgan turistik inshootlar bilan yaqindan tanishish maqsadida yurtimizga tashrif buyurdi.
Uchrashuv doirasida Oʻzbekiston xabardorligini Buyuk Britaniya va Yevropa mamlakatlarida ommalashtirish, turizm salohiyatini keng targʻib qilish hamda xorijiy turistlar oqimini koʻpaytirish, xususan, ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish doirasidagi masalalar yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Shu bilan birga, turizm sohasidagi xalqaro reytinglarda Oʻzbekistonning nufuzini oshirish, shu jumladan, Samarqand shahridagi Ipak yoʻli xalqaro turizm va madaniy meros universitetiga britaniyalik professorlarni jalb qilish, 2023-yilda Buyuk Britaniya va Yevropa davlatlarining yetakchi sayyohlik kompaniyalari hamda nufuzli OAV vakillari uchun press-tur tashkil etish, Oʻzbekistonning turistik shaharlariga parvozlarni amalga oshirish uchun xorijiy loukoster aviakompaniyalarini jalb qilish, shuningdek, Samarqand shahri – “Yangi Oʻzbekiston turizm darvozasi” tashabbusini ilgari surgan holda, xorijda keng targʻib qilish boʻyicha media-reja ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring