Oʻzbekistonning barcha tumanlarida ID-karta olish uchun imkoniyat yaratilgan

Xorijga chiqish pasportini vaqtincha roʻyxatdan oʻtgan turar joydan olishga doir loyiha ishlab chiqilyapti, dedingiz. ID-kartalar boʻyicha ham shunday yengillik yaratiladimi? Yaʼni fuqarolar mamlakatning istalgan hududidan ID-karta olish imkoniga ega boʻladimi?
AOKAdagi brifingda berilgan ushbu savolga IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi mutasaddilari Fazliddin Usmonov va Burxon Akramov savollarga javob qaytardi:
— Tegishli Farmonga koʻra, ID-karta olish jarayoni ekterritorial xususiyatga ega. Yaʼni xohlagan tumandan ID-karta olish uchun imkoniyat yaratilgan.
Toshkent shahridami yo boshqa viloyat miqyosidami, fuqarolar oʻzi istagan, yaqin migratsiya boshqarmasiga murojaat qilishi mumkin.
Buning uchun pasport yo uning oʻrnini bosuvchi hujjatni taqdim qilish kifoya.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring