Oʻzbekistonning ayollarni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirgan siyosati AQSH ommaviy axborot vositalari diqqat markazida

17:29 10 Avgust 2022 Siyosat
471 0

Foto: Illustrativ foto

Amerikaning “Diplomat” jurnali saytida “Oʻzbekiston universitetlarida gender tafovutiga barham berish” sarlavhali maqola eʼlon qilindi.

Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev 2022-yil mart oyida 2022-2026-yillarda mamlakatimiz iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha sohalarida xotin-qizlarning faolligini oshirish boʻyicha Milliy dastur qabul qilinishini bildirgani qayd etilgan.

“Koʻplab ayollarni universitet darajalarini olishga undash - bu kerakli paytdagi toʻgʻri qadamdir, deb yozadi «Diplomat”. Hozirga qadar mamlakatda oliy taʼlim muassasalari sonini koʻpaytirish samarali boʻldi. Universitetlar soni oshgani sari oʻqimishli ayollarning ulushi ham ortdi. 2016-yilda mamlakat boʻylab ayollarning atigi 5,6 foizi oliy maʼlumotga ega edi, endi bu koʻrsatkich 17,7 foizni tashkil etmoqda».

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?