Oʻzbekistonning asosiy eksport mahsuloti narxi rekord darajaga yetdi

16:39 06 Yanvar 2020 Iqtisodiyot
1132 0

Brent markali neft bir barrelining narxi 2019-yil aprel oyidan buyon ilk marta 70 AQSH dollaridan oshdi va ayni paytda u 70,23 dollarda sotilyapti. Bu oʻtgan yilning shu davridagi darajadan 2,38 foiz yuqoridir, deb yozadi Forbes.

WTI markali “qora oltin” qiymatiga ham 2,06 foiz qoʻshilib, 64,35 dollarga yetgan. Shuningdek, oltin narxi ham koʻtarilyapti. Uning 1 troya unsiyasi 1579 dollar(+1,5 foiz)ga yetgan. Bu olti yil ichidagi eng katta koʻrsatkichdir.

Bozor shunday tarzda eronlik general Qosim Sulaymoniy oʻldirilishidan keyin Yaqin Sharqda yuzaga kelgan keskinlikka “munosabat” bildirdi.

“AQSH va Xitoy oʻrtasida kechgan savdo urushidagi yarashuvdan soʻng hammasi joyiga tushgandek koʻringandi, 2020-yil uchun prognozlar ham yaxshilangan edi. Biroq keyin biz boshqa geosiyosiy signal oldik. Koʻrinishidan, bu qarama-qarshilik yaqin vaqt davomida bozorning katta drayveriga aylanadi”, — deydi Suncorp Group tahlilchisi Piter Dragisevich.

Xabaringiz bor, oltin Oʻzbekiston eksportining asosiy mahsuloti hisoblanadi. Mamlakatimiz 2019-yil 11 oyida 4,4 mlrd. dollarlik oltin sotgan. Bu oʻtgan yilning shu davridagiga nisbatan 2,2 barobar koʻpdir. Umuman olganda esa, bu davlat eksportining 27,3 foizini tashkil etadi. Ikkinchi oʻrinda esa energiya tashuvchilar va neft mahsulotlari tashkil etadi — 2,7 mlrd. dollar yoki eksportning 16,7 foizi.

Neftga kelganda unga Oʻzbekistonning asosiy sheriklari, birinchi navbatda Rossiya bogʻlangan. Oʻz navbatida bunga soʻm kursi va mamlakatga valyuta oqimi(uning asosiy yetkazib beruvchilari mehnat migrantlari hisoblanadi) ham kuchli bogʻlanib qolgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер