Oʻzbekistonning «Anfa» kriket klubi Pokistonda yetakchi jamoalariga qarshi maydonga tushadi

23:12 28 Fevral 2022 Sport
848 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Oʻzbekiston va Pokiston davlatlari oʻrtasidagi diplomatik aloqalarning 30 yilligi munosabati bilan joriy yilning 27-fevral — 5-mart kunlari mamlakatimizning kriket sport turi boʻyicha yetakchi jamoasi boʻlgan Toshkentning «Anfa» kriket klubining oʻsmirlar va kattalardan iborat jamoasi  Pokistonning Islomobod shahridagi «Pindi» stadionida mazkur davlatning yetakchi kriket jamoalariga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlarida ishtirok etishadi.

Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston kriket federatsiyasi raisi Aziz Mixliyev rahbarligidagi kriketchilarimizdan iborat delegatsiya hozirda Islomobod shahriga yetib borib, oʻyinlarga tayyorgarlik koʻrishmoqda. Shuningdek, oʻrtoqlik oʻyinlari doirasida «Anfa» kriket klubi jamoasi Pokiston kriket jamaolari hamkorligida oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari ham oʻtkazadi.

Oʻrtoqlik oʻyinlari tafsilotlari bilan keyingi xabarlarimizda tanishtirib oʻtamiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?