Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 9-mart kuni vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi

00:01 09 Mart 2024 Jamiyat
394 0

“Oʻzgidromet” 9-mart, shanba kuni uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-9° iliq, kunduzi 13-15° iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi, baʼzida 22-24 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq boʻladi.

Toshkent, Jizzax va Sirdaryo, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi, baʼzida 22-24 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 11-16° iliq boʻladi.

Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 11-16° iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 11-16° iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Qor koʻchishi xavfi bor. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер