Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 6-fevral kuni yomgʻir yogʻadi, harorat 15 darajaga koʻtariladi

Foto: Arxiv surat
“Oʻzgidromet” Oʻzbekiston boʻylab 6-fevral kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2° iliq, kunduzi 7-9° iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 4-9° iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 8-13° iliq boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, faqat Samarqand viloyatida baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2°sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Qor koʻchishi xavfi bor. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kasbida bir yoʻla 5 ta yirik sanoat korxonasi barpo etilmoqda
- Ekologlar xulosasi: Yer maydonining 99 foizi xavfli zarralar bilan ifloslangan
- Abror Bakirov vafot etdi
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring