Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 5-dekabr kuni yomgʻir yogʻadi

04:32 05 Dekabr 2021 Jamiyat
552 0

“Oʻzgidromet” Oʻzbekistonda 5-dekabr kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Unga koʻra, Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida biroz yomgʻir yogʻadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–5 daraja iliq, kunduzi 7–9 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–8 daraja sovuq, kunduzi 0–5 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-h–5 daraja iliq, kunduzi 5–10 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–7 daraja iliq, kunduzi 5–10 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–8 daraja iliq, kunduzi 8–13 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–7 daraja iliq, kunduzi 10–15 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumki. Shamol gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq–3 daraja iliq, kunduzi 0–5 daraja iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?