Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 3-sentyabr kuni chang-toʻzonlar kuzatiladi, havo harorati 39 darajaga koʻtariladi

20:54 02 Sentyabr 2022 Jamiyat
783 0

Foto: Халқ сўзи

“Oʻzgidromet” Oʻzbekiston boʻylab 3-sentyabr kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-20°, kunduzi 35-37° boʻladi.

Qoraqalpogʻiston, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, baʼzi joylarda chang-toʻzonlar boʻladi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 34-39° boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, baʼzi joylarda chang-toʻzonlar boʻladi. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 34-39° boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 34-39° boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 34-39° boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 32-37° boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 24-29° boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер