Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 3-noyabr kuni yomgʻir yogʻadi, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin

07:04 03 Noyabr 2022 Jamiyat
546 0

Foto: Arxiv surat

“Oʻzgidromet” Oʻzbekiston boʻylab 3-noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-11° iliq, kunduzi 15-17° iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13° iliq, kunduzi 12-17° iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 15-20° iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 12-17° iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baland togʻlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?