Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 3-iyun kunining ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin

23:42 02 Iyun 2022 Jamiyat
373 0

Foto: Illustrativ foto

“Oʻzgidromet” 3-iyun kuni respublika hududlarida kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 16-18o, kunduzi 28-30o boʻladi.

Qoraqalpogʻiston, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17o, kunduzi 27-32o boʻladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18o, kunduzi 28-33o boʻladi.

Toshkent viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18o, kunduzi 25-30o boʻladi.

Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18o, kunduzi 25-30o boʻladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 14-19o, kunduzi 29-34o boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18o, kunduzi 28-33o boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13o, kunduzi 13-18o boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?