Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 29-mart kuni yomgʻir yogʻadi

16:05 28 Mart 2023 Jamiyat
581 0

Foto: Arxiv surat

“Oʻzgidromet” 29-mart, chorshanba kuni kuzatiladigan ob-havo haqida maʼlumot berdi.

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, kechga tomon biroz yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi 12-15 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-13 daraja, kunduzi 24-26 daraja boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 27-32 daraja boʻladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 22-27 daraja boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 22-27 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 22-27 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 20-25 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер