Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 26-fevral kuni qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin

21:49 25 Fevral 2024 Jamiyat
185 0

“Oʻzgidromet” 26-fevral, dushanba kuni kuzatiladigan ob-havo haqida maʼlumot berdi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-4° sovuq, kunduzi 3-5° iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq, baʼzi joylarda 0-2° iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi, tuman tushadi. Yoʻllarda yaxmalak kuzatiladi. Qor koʻchishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?