Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 2-dekabr kuni yomgʻir yogʻadi

00:25 02 Dekabr 2021 Jamiyat
547 0

“Oʻzgidromet” 2-dekabr, payshanba kuni kutilayotgan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-8 daraja iliq, kunduzi 22-24 iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Baʼzida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Ayrim viloyatlarda changli boʻron hamda chang gʻuborlari koʻtarilish kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 11-16 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, baʼzi joylarda 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Ayrim viloyatlarda changli boʻron hamda chang gʻuborlari koʻtarilish kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Baʼzi joylarda 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin, ayrim viloyatlarda changli boʻron hamda chang gʻuborlari koʻtarilish kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 19-24 daraj iliq boʻladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Baʼzi joylarda 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Ayrim viloyatlarda changli boʻron hamda chang gʻuborlari koʻtarilish kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 0-5 daraj iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?