Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 2-aprel kuni vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi

Foto: Arxiv surat
“Oʻzgidromet” 2-aprel, yakshanba kuni uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi. Momaqaldiroq boʻlishi, doʻl yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-12°, kunduzi 23-25° boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi. Momaqaldiroq boʻlishi, baʼzi joylarda doʻl yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda 22-25 m/s gacha yetishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 12-17° boʻladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, Navoiy viloyatida baʼzi joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin, ayrim hududlarda doʻl yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda 22-25 m/s gacha yetishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 17-22° boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin, ayrim hududlarda doʻl yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 20-25° boʻladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Qashqadaryo viloyatida baʼzi joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin, ayrim hududlarda doʻl yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 17-22° boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 22-27° boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin, ayrim hududlarda doʻl yogʻishi mumkin. Baland togʻli hududlarda qorga aylanishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- O‘zbekiston Prezidenti va Singapur Prezidenti muzokara o‘tkazdilar
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Gender tenglikni taʼminlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring