Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 19-iyun kuni qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, harorat 41 darajaga koʻtariladi
“Oʻzgidromet” 19-iyun, chorshanba kuni kuzatiladigan ob-havo haqida maʼlumot berdi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kunning ikkinchi yarmida 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 21-23°, kunduzi 35-37° boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 36-41° boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 36-41° boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 34-39° boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 36-41° boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Davron Kabulovning otasi “oʻgʻrilik” boʻyicha sudlanib, qariyb 345 mln soʻm jarimaga tortilgani maʼlum boʻldi
- Isroil va Eron nizosi yangi bosqichga chiqdi
- Sen yetim emassan: Odamiylik timsoliga aylangan oila
- Prezident yangi qaror imzoladi
- Prezidentning yangi qarori eʼlon qilindi
- Oʻzbekistonning Pokistondagi yangi elchisi tayinlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring