Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 18-yanvar kuni qor yogʻadi

02:52 18 Yanvar 2022 Jamiyat
505 0

“Oʻzgidromet” 18-yanvar, seshanba kuni qanday ob-havo kutilayotganini maʼlum qildi.

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7 daraja iliq, kunduzi 10-12 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, biroz qor yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq atrofida boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, kechga tomon kuchli boʻlishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, kechga tomon kuchli boʻlishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yomgʻir yogʻadi. Tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 4-9 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq atrofida, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер