Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 17-noyabr kuni qor yogʻadi

23:31 16 Noyabr 2021 Jamiyat
1222 0

“Oʻzgidromet” 17-noyabr, chorshanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Unga koʻra, Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yomgʻir qorga aylanadi. Shamol gʻarbdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi, 12–17 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va ertalab 3–5 daraja iliq boʻladi, kunduzi 0 darajagacha pasayadi.

Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz qor yogʻadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 3–8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, Ustyurtda kechasi 10–12 daraja sovuq, kunduzi 2–7 daraja sovuq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz qor yogʻadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayadi, baʼzida changli boʻron bilan 23–28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0–5 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik (yomgʻir qorga aylanadi) boʻladi. Shamol gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayadi, baʼzida changli boʻron bilan 23–28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0–5 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik (yomgʻir, baʼzi joylarda qorga aylanadi) boʻladi. Shamol gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayadi, baʼzida changli boʻron bilan 23–28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2–7 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechga tomon biroz yogʻingarchilik (yomgʻir qorga aylanadi) boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 3–8 daraja iliq, kunduzi 5–10 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, qor yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol gʻarbdan 7–12 metr/sekun tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17–22 metr/sekungacha kuchayadi, baʼzida 23–28 metr/sekungacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq–3 daraja iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?