Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 15-yanvar kuni qor yogʻishi mumkin

00:33 15 Yanvar 2022 Jamiyat
370 0

“Oʻzgidromet” 15-yanvar, shanba kuni qanday ob-havo boʻlishini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10 daraja iliq, kunduzi 12-14 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim tumanlarda esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim tumanlarda esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.

Surxondaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?