Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi yangi elchisi tayinlandi
Oʻzbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Oybek Usmonov Afgʻoniston poytaxtiga tashrif buyurdi.
Diplomat 62 yoshda. Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning filologiya va sharqshunoslik fakultetini tamomlagan, 2020-2024-yillarda Pokistondagi elchi lavozimida ishlagan.
Oybek Usmonov 1998-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib, markaziy apparatda va mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda ishlab kelmoqda.
Kobulga tayinlanishidan oldin u Misr va Pokistondagi elchi, 2011-2012-yillarda esa Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan. Pashtu-dari va ingliz tillarini mukammal biladi.
Oybek Usmonov 2012-2024-yillarda Kobulda elchi boʻlib ishlagan Yodgorxoʻja Shodmanov oʻrniga tayinlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring