Oʻzbekistonning 28 oliy oʻquv yurti TOP-1 000 talik reytingga kirish uchun daʼvogar sifatida qayd etildi

Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education agentligi oʻzining World University Rankings – 2023 reyting natijalarini eʼlon qildi.
Eʼtiborlisi, bu yil respublikamizning yana 18 ta oliy taʼlim muassasasi “reporter” maqomida qayd etilishi bilan TOP-1 000 talik reytingdan joy olish uchun davogarlar 10 tadan 28 taga yetdi.
Quvonarlisi, ular orasida Sogʻliqni saqlash vazirligi tasarrufidagi 5 ta oliy taʼlim muassasasi ham oʻrin oldi.
Ular quyidagilar:
— Toshkent tibbiyot akademiyasi;
— Toshkent pedagogika tibbiyot instituti;
— Toshkent davlat stomatologiya intituti;
— Toshkent farmatsevtika instituti;
— Andijon davlat tibbiyot instituti.
Ushbu reytingda universitetlarning 4 ta yoʻnalishdagi samaradorlik koʻrsatkichlari baholandi: oʻqitish, tadqiqot, taʼlim sifati va xalqaro istiqbollar.
Mazkur 28 ta oliy taʼlim muassasasi THEning nufuzli reytinglariga kirish uchun nomzod sifatida tanlanib, bunda reyting agentligi ularga yaqindan yordam beradi.
Maʼlumot oʻrnida, joriy yil ushbu reytingda 1 799 ta universitet qayd etildi, bundan tashqari 526 ta universitet “reporter”, yaʼni daʼvogar universitetlar nominatsiyasiga ega boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
- Saudiya Arabistonida birinchi Islom sanʼati biyennalesining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring