Oʻzbekistonliklar Rossiyaga ishga taklif qilinmoqda. Maosh 10 mln soʻm

18:24 19 Iyul 2024 Jamiyat
373 0

Oʻzbekistonliklar Rossiyaga ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Unga koʻra, fuqarolar Rossiyaning “Rusal Komplektatsiya” korxonasiga ishga taklif etilyapti. Ish turi alyumin quyuvchi. Oylik maosh 70 ming rubl (10 million soʻm)dan boshlanadi (barcha soliqlar ushlangandan keyin).

Nomzodlar uchun quyidagicha talablar qoʻyilgan:

  • 20-45 yosh;
  • rus tilini bilish;
  • sudlanmagan;
  • xorijga chiqish taqiqlanmagan;
  • sogʻlom.

Ish beruvchi hisobidan: aviachipta, bir mahal ovqat, yotoqxona va transport.

Roʻyxatdan oʻtish

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер