Quyidagi havola orqali ish o‘rni bo‘yicha to‘liq ma’lumot olish va ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish 16-avgust soat 18:10 dan 20-avgust soat 18:00 gacha davom etadi.
O‘zbekistonliklar Latviyaga ishga taklif qilinmoqda
O‘zbekiston fuqarolari Latviyaga yuk avtomobillariga texnik xizmat ko‘rsatish mexanigi sifatida ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi xabar berdi.
Ish haqi dastlabki 3 oyda 1000 yevrodan bo‘ladi. Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- 25 - 40 yosh;
- rus yoki ingliz tilini bilish;
- soha bo‘yicha kamida 2 yillik tajriba;
- og‘ir yuk tashuvchi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qo‘llanmalardan foydalanish;
- yuk avtomobil qismlari va kuzovi bilan ishlash;
- og‘ir yuk tashuvchi avtomobil diagnostika uskunalaridan foydalanish.
Ish beruvchi tomonidan sug‘urta amalga oshirilib, hujjatlar va ish ruxsatnomalari ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Fuqaro hisobidan esa quyidagilar talab etiladi:
- agentlik xizmatlari, o‘qitish va ko‘niktirish;
- viza uchun to‘lov;
- aviachipta;
- ovqatlanish;
- yashash joyi ijarasi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- “Real Madrid” magʻlubiyatga uchradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring