Oʻzbekistonliklar yil boshidan beri “chiroyli” avtoraqamlarga qariyb 169 milliard soʻm sarfladi

15:41 12 Avgust 2021 Jamiyat
369 0

Joriy yil oʻtgan davrda onlayn-auksionlar orqali 168,7 mlrd soʻmlik 83,2 mingdan ziyod “chiroyli” avtoraqamlar sotildi. Bu haqda matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 7 oylik yakunlariga koʻra birja savdolari orqali 797,3 ming dekalitr etil spirti, 12,6 ming tonna polivinilxlorid, 1 225 tonna formalin va 224 kilogramm kumush sotildi.

Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining barcha savdo platformalarida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 2020-yilning mos davriga nisbatan 46,7% ga oʻsib, qariyb 46,0 trln soʻmni tashkil qildi. Bunda tuzilgan bitimlar hajmining 87%i birja savdolariga, qolgan qismi esa elektron tijorat savdo tizimlari, shu jumladan koʻrgazma-yarmarka savdolari, elektron davlat xaridlari, avtoraqam va mobil raqam onlayn auksionlariga toʻgʻri keldi.

Yanvar-iyul oylarida elektron davlat xaridlari boʻyicha tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi oʻtgan yilga nisbatan deyarli 2,4 barobarga oshib, 4 670,3 mlrd soʻmga teng boʻldi. Bunda byudjet va korporativ buyurtmachilari mablagʻlarining tejalishi ikki marotabaga oʻsib, 840,6 mlrd soʻmni tashkil qildi.

Koʻrib chiqilayotgan davrda avtoraqam.uzex.uz vebsaytida onlayn-auksionlar orqali 168,7 mlrd soʻmlik 83,2 mingdan ziyod “chiroyli” avtoraqamlar sotildi. Bunda, avtoraqamlarning sotuvi son jihatdan 2,4 barobarga, hajmi boʻyicha – 42% ga oʻsdi. Sotilgan avtoraqamning eng past bahosi – 450,5 ming soʻmni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 441,5 mln soʻmni tashkil qildi. Tuzilgan bitta bitimning oʻrtacha qiymati 2,0 mln soʻmga teng boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?