Oʻzbekistonliklar endi Xanti-Mansiysk avtonom okrugida oshpaz boʻlib ham ishlashlari mumkin

Arxiv foto
2019-yilning 14-avgust kuni Oʻzbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi Rossiyaning Xanti-Mansiysk avtonom okrugi gubernatorining birinchi oʻrinbosaridan umumiy ovqatlanish sohasida mehnat faoliyati bilan shugʻullanishda xorijiy fuqarolariga 2019-yilda qoʻyilgan qoʻyilgan cheklov olingani toʻgʻrisida rasmiy tushuntirish oldi. Bu haqda TIV xabar berdi.
Rossiya Mehnat vazirligi tomonidan tasdiqlangan mazkur soha uchun standartlar (oʻrta maxsus taʼlimni tugatganlik, amaliy ish tajirbasi, tibbiy kitobcha) va Rossiya Federatsiyasida vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma yoki istiqomot uchun guvohnoma (vid na jitelstvo) mavjud boʻlganda Oʻzbekiston fuqarolari Xanti-Mansiysk avtonom okrugida “Oshpaz” kasbi boʻyicha ishlashlari mumkin.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etadi hamda Rossiyaning Ural federal okrugi (Kurgan viloyati, Sverdlovsk viloyati, Tyumen viloyati, Chelyabinsk viloyati, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi – Yugra, Yamal-Nenetsk avtonom okrugi) hududida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari zarur holatlarda mamlakatimizning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib oʻtadi: +7 343 276 31 66, +7 343 272 31 33.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring