Oʻzbekistonlik jurnalistlar Bursaga sayohat qilishdi? Taassurotlar qanday? (Fotoreportaj)

17:31 02 Aprel 2021 Dunyo
790 0

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Bir guruh oʻzbekistonlik jurnalistlar Turkiya mamlakatining Oʻzbekistondagi elchixonasi madaniyat va turizm boʻlimi “Xavfsiz turizm” loyihasi asosida safari davom ettirmoqda.

Turkiyaning shimoliy-gʻarbiy qismida joylashgan Bursa shahri kattaligi jihatidan Turkiyada toʻrtinchi oʻrinda turadi.

395-1326-yillarda shahar Vizantiya imperiyasiga qarashli boʻlgan. 1326-yilda Vizantiya magʻlubiyatga uchrashi va turklar muvaffaqiyatli qamalidan soʻng Bursa shahri Usmonli imperiyasiga oʻtdi.

1326-1365-yillarda Bursa yangi Usmonli davlatining poytaxti edi. Keyin Adrianopl poytaxtga aylandi, ammo Bursa imperiyaning savdo va maʼnaviy markazi sifatida ahamiyatini yoʻqotmadi. Sulton Boyazid I avval shaharda Yildirim Kulliyesi masjidini, soʻngra Buyuk masjidni qurdi.

1402-yilda Muhammad Sulton Mirzo shaharni yoqib yubordi. Biroq, keyinchalik Bursa qayta tiklandi. Bursa tiklanib, Konstantinopol qulagunga qadar imperiyaning markazlaridan biri boʻlib qoldi. 1487-yilda uning aholisi 45 ming kishini tashkil etgan.

Usmonli imperiyasi davrida shahar ipak mahsulotlari bilan mashhur edi.

Shahar 1855-yil 28-fevral va 11-aprel kunlari sodir boʻlgan zilzilalar va shuningdek, dahshatli yongʻin natijasida katta zarar koʻrgan.

1919-1922-yillardagi ikkinchi yunon-turk urushi paytida shahar 1920-yil yozida yunon qoʻshinlari tomonidan tortib olindi va 1922-yil oxirida Turkiyaga qaytarildi.

1923-yilda Turkiya Respublikasi eʼlon qilinganidan keyin Bursa Turkiyaning sanoat markazlaridan biriga aylandi. Bunga aholining koʻpayishi ham qoʻshildi. 1927-yildan 2015-yilgacha shahar aholisi oʻttiz baravar koʻpaygan, bu esa Bursani aholisi boʻyicha Turkiyaning toʻrtinchi yirik shahriga aylantirdi.

Ulutogʻ togʻidagi dam olish maskanlari, Yashil masjid, Yashil maqbara, Ulu-Jomi masjidi, shuningdek shahar boʻylab tarqalgan yashil maydonlar va bogʻlar shaharning asosiy diqqatga sazovor joylari hisoblanadi.

Bursaning arxeologik muzeyi XX asrning boshlarida tashkil topgan.

Najmiddin Abdulazizov, jurnalist,
Hasan Paydoyev (“Xalq soʻzi”) olgan suratlar

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?