Olimpiya oʻyinlarida yangi sport turida debyut qildik

12:41 05 Avgust 2021 Sport
690 0

Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarida sportchilarimiz zabt etgan yangi sport turi zamonaviy beshkurash boʻldi. Bugun ushbu sport turida saralash bahslari boshlandi.

Ayollar oʻrtasida oʻtkazilayotgan musobaqada Alise Faxrutdinova kurashga kirishdi. Reglamentga koʻra, dastlab qilichbozlik boʻyicha bellashuvlar boʻlib oʻtdi, deb xabar berdi MOQ.

Hamyurtimiz 35 jangdan 16 tasidan gʻalaba qozondi va bu unga 196 ochko taqdim qildi. Hozircha vakilamiz 22-pogʻonada ketmoqda. Bugun, shuningdek, erkaklar oʻrtasida yana bir vakilimiz Aleksandr Savkin ham qilichbozlik boʻyicha janglarini oʻtkazadi. Musobaqaning qolgan dasturlarida yurtimizda Olimpiya sport turlari geografiyasini kengaytirgan zamonaviy beshkurashchilarimizga omad tilab qolamiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?