Oʻzbekistonlik yoshlarning uchdan bir qismi pora berishni korrupsiya deb hisoblamaydi

16:06 09 Dekabr 2020 Jamiyat
1105 0

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi U-Report platformasi bilan hamkorlikda aholining, xususan, yosh avlod vakillarining korrupsiyaga boʻlgan munosabatini oʻrganish maqsadida yoshlar oʻrtasida soʻrov oʻtkazdi. Agentlikning maʼlumot berishicha, soʻrov natijalaridan korrupsiyaning oldini olish va uning barcha darajalarini bartaraf etishning tashkiliy ishlarini yaxshilashda foydalaniladi.

Oʻtkazilgan soʻrovda Oʻzbekistonning barcha viloyatlaridan 15507 nafar respondent ishtirok etdi. Ularning uchdan bir qismidan koʻprogʻi (36 %) oliy oʻquv yurtlari talabalari va ilmiy tadqiqotchilari. 12 foizi davlat xizmatchilari, 11 foizi taʼlim sohasida ishlaydiganlar, 9 foizi maktab oʻquvchilari, 7 foizi tadbirkorlar, 6 foizi hech qayerda oʻqimaydigan va ishlamaydigan yoshlar qatlami va boshqa. Respondentlarning 30 foizi xotin-qizlardir.

Soʻrov davomida ishtirokchilardan “korrupsiya” deganda nimani tushunishlari soʻraldi. Ularning yarmidan koʻpi (53 %) korrupsiya — pora berish va olishdan tortib, oʻgʻirlik va vakolatni suiisteʼmol qilishga qadar boʻlgan barcha harakatlarni oʻz ichiga olishini qayd etishgan. Shunisi eʼtiborliki, respondentlarning 34 foizi pora berish — korrupsiya emas, deb hisoblashar ekan. 13 foiz respondentning fikriga koʻra, korrupsiyani faqat pora berish yuzaga keltiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?