Oʻzbekistonlik yosh kinorejissyorning filmi Fransiyada oʻtkazilgan xalqaro festivalda ikkita mukofot bilan taqdirlandi

Foto: “Dunyo” AA
Shu yilning 6-13-fevral kunlari Fransiyaning Vesul shahrida boʻlib oʻtgan “Xalqaro Osiyo filmlari” festivalida yosh oʻzbek kinorejissyori Shokir Xoliqovning “Yakshanba” (“Sunday”) filmi ikkita mukofotni qoʻlga kiritdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.
Festivalda Yaqin va Oʻrta Sharq, Markaziy, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlaridan 100 dan ortiq badiiy va hujjatli filmlar taqdim etildi. Ularni Fransiyaning turli mintaqalaridan 30 mingdan ortiq tomoshabin koʻrdi.
Hindiston, Eron, Qozogʻiston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Tailand, Oʻzbekiston va Shri-Lanka kino ustalari tomonidan suratga olingan 9 ta film asosiy tanlov doirasida namoyish etildi.
Vesul kinofestivalida yosh oʻzbek kinorejissyori Shokir Xoliqov tomonidan suratga olingan “Yakshanba” (“Sunday”) filmining premyerasi boʻlib oʻtdi. Kinokartina tomoshabinlarda katta qiziqish uygʻotdi va taniqli eronlik kinorejissyor va ssenariy muallifi Mohsen Maxmalbaf raisligidagi xalqaro hakamlar hayʼati tomonidan munosib baholandi va “Yakshanba” filmi ikkita sovrin — “Tomoshabin mehrini qozongan film” nominatsiya boʻyicha hamda kinotanqidchilar mukofotini qoʻlga kiritdi.
Kinofestival tashkiliy qoʻmitasining press-relizida yozilishicha, kinotanqidchilar xalqaro hayʼatiga filmda ishlatilgan grafik kompozitsiyasi va detallar alohida taʼsir qilgan va ular “Yakshanba” filmini taqdirlashga qaror qilgan. Filmda chekka qishloqda tinch-totuv hayot kechirayotgan chol-kampir hayoti yuksak mahorat bilan kinotasmalariga muhrlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
- Shomurodovning koʻz yoshlari, Fayzullayevning raqsi va muxlislar hayqirigʻi — Mundial eshiklarini ochgan oʻyindan fotoreportaj
- Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Bitiruvchi – 2025” tantanali marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring