Oʻzbekistonlik sambochilar FIAS prezidenti kubogini toʻrtta medal bilan yakunlashdi

15:38 23 Avgust 2021 Sport
708 0

Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida sambo boʻyicha FIAS, yaʼni Xalqaro sambo federatsiyasi prezidenti sovrini uchun musobaqa tashkil etildi.

Unda jahonning 21 mamlakatidan 80 nafarga yaqin sportchi sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib bordi. Mukofot jamgʻarmasi 189 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi bahslarda oʻzbekistonlik sambochilar ham munosib ishtirok etishdi va 4 ta kumush medal qoʻlga kiritishdi.

Terma jamoamiz vakillari orasida Homidjon Moʻminov (-64 kg), Sarbon Ernazarov (-71 kg), Ulugʻbek Rahmonov (-79 kg) va Ixtiyor Eshmurodov (-88 kg) finalgacha yetib borib, yakunda kumush medalga sazovor boʻlishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?