Oʻzbekistonlik paralimpiyachilar Tokio-2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlariga rekord darajada yoʻllanmalar qoʻlga kiritdi

11:20 19 Avgust 2021 Sport
828 0

Paralimpiya sport turlari boʻyicha milliy terma jamoa sportchilari Tokio-2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlariga har qachongidan ham koʻproq yoʻllanmalarni qoʻlga kiritdi. Bu bejizga emas chunki Yurtboshimiz tomonidan paralimpiyachilarga berilayotgan eʼtibor hamda tayyorgarlik jarayonining bosqichma-bosqich yoʻl xaritasi ishlab chiqilganligi va bu yoʻl xaritada har bir sportchining jismoniy holatidan kelib chiqqan holda alohida mashgʻulotlarni tashkil etilganligi sabab atletlarimiz tomonidan qoʻlga kiritilgan yoʻllanmalar soni 55 taga yetdi.

Yoʻllanma olgan sportchilar sport turlari kesimida:

Izoh: Shohsanamxon Toshpoʻlatova para suzish boʻyicha 3 ta yoʻllanma qoʻlga kiritgan (50 m. erkin, 100 m. batterflyay, 200 m. kompleks usul);

Islam Aslanov para suzish boʻyicha 2 ta yoʻllanma qoʻlga kiritgan (50 m. erkin, 100 m. batterflyay);

Firdavsbek Musabekov para suzish boʻyicha 2 ta yoʻllanma qoʻlga kiritgan (100 m. brass, 200 m. kompleks);

Muzaffar Tursunxoʻjayev para suzish boʻyicha 2 ta yoʻllanma qoʻlga kiritgan (50 m. erkin, 100 m. batterflyay);

Sabina Suxanova para yengil atletika boʻyicha 2 ta yoʻllanma qoʻlga kiritgan (100 metrga yugurish, uzunlikka sakrash);

Nurxon Qurbonova para yengil atletika boʻyicha 2 ta yoʻllanma qoʻlga kiritgan (yadro uloqtirish, nayza otish);

Rio-de Janeyroda sportchilarimiz 5 ta sport turi – para suzish, para dzyudo, para yengil atletika, para pauerlifting va para oʻq otish boʻyicha bahslarda ishtirok etgan boʻlsa, Tokio-2020 da ushbu sport turlari soni yana 3 taga oshdi. Oʻzbekiston tarixida ilk bor para kanoe, para taekvondo hamda para akademik eshkak eshish sport turlari boʻyicha yoʻllanmalar qoʻlga kiritildi.

Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlariga qadar para atletlarimiz yozgi Paralimpiya oʻyinlarida quyidagi sport turlarida ishtirok etgan:

Quyida Tokio-2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olgan sportchilarimiz roʻyxati bilan tanishib olishingiz mumkin:

Para yengil atletika

1.Xusniddin Norbekov (disk otish)

2.Boburjon Omonov (yadro uloqtirish)

3.Bekjon Chevarov (uzunlikka sakrash)

4.Temurbek Giyazov (nayza otish)

5.Muhammad Rexsimov (yadro uloqtirish)

6.Doniyor Saliyev (uzunlikga sakrash)

7.Elbek Sultonov (yadro otish)

8.Izzat Turgʻunov (uzunlikga sakrash)

9.Sabina Suxanova (100 m. yugurish)

10.Sabina Suxanova (200 m. yugurish)

11.Nozimaxon Qayumova (nayza otish)

12.Dilafruzxon Axmadxonova (yadro uloqtirish)

13.Mohigul Xamdamova (disk otish)

14.Nurxon Qurbonova (yadro uloqtirish)

15.Nurxon Qurbonova (nayza otish)

16.Asila Mirzayorova (uzunlikka sakrash)

17.Sofiya Burxanova (yadro uloqtirish)

18.Yoqutxon Xolbekova (uzunlikka sakrash)

19.Yorqin Odilov (nayza uloqtirish)

Para suzish

1.Islam Aslanov (50 m erkin)

2.Islam Aslanov (100 m batterflyay)

3.Dmitriy Xorlin (50 m erkin)

4.Firdavsbek Musabekov (100 m brass)

5.Firdavsbek Musabekov (200 m kompleks)

6.Muzaffar Tursunxoʻjayev (50 m erkin)

7.Muzaffar Tursunxoʻjayev (100 m batterflyay)

8.Shoxsanamxon Toshpoʻlatova (50 m erkin)

9.Shoxsanamxon Toshpoʻlatova (100 m batterflyay)

10.Shoxsanamxon Toshpoʻlatova (200 m kompleks)

11.Nigoraxon Mirzoxidova (100 m baterflyay)

12.Muslima Odilova (50 m erkin)

Para dzyudo

1.Sherzod Namozov (-60 kg)

2.Uchqun Quronboyev (-66 kg)

3.Feruz Sayidov (-73 kg)

4.Dovurxon Karomatov (-81 kg)

5.Shuxrat Boboyev (-90 kg)

6.Sharif Xalilov (-100 kg)

7.Shirin Sharipov (+100 kg)

8.Lobar Xurramova (-48kg)

9.Sevinch Salayeva (-52 kg)

10.Parvina Samandarova (-58 kg)

11.Nafisa Sheripboyeva (-63 kg)

12.Vasila Aliboyeva (-70 kg)

Para kanoe

1.Azizbek Abdulhabibov (200 m)

2.Hayitmurod Sherqoʻziyev (200 m)

3.Shahnoza Mirzayeva (200 m)

Para taekvondo

1.Zuxriddin Tohirov (- 61 kg)

2.Ziyodaxon Isaqova (- 49 kg)

3.Guljanoy Naimova (+ 58 kg)

Para pauerlifting

1.Roʻza Qoʻziyeva (-61 kg)

2.Farhod Umrzoqov (-88 kg)

3.Nuriddin Davlatov (-107 kg)

Para akademik eshkak eshish

1.Feruza Boʻriboyeva (2000 m)

2.Otabek Qoʻchqorov (2000 m)

Para oʻq otish

1.Server Ibragimov (50 m pistolet)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?