Oʻzbekistonlik oʻquvchi ilk bor Xalqaro biologiya olimpiadasida oltin medalni qoʻlga kiritdi

Masofaviy tarzda oʻtkazilgan IBO2020 Challenge - Xalqaro biologiya olimpiadasining natijalari eʼlon qilindi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi mamlakat tarixida ilk bor biologiya yoʻnalishida oltinni qoʻlga kiritdi.
Ushbu natijani Toshkent shahri Yunusobod tumani Toshkent pediatri instituti qoshidagi Akademik litsey 2-bosqich oʻquvchisi Saida Valijonova qayd etdi. Shuningdek olimpiadada Buxoro viloyati Qorakoʻl tumani BDU Akademik litseyi oʻquvchisi Ravshanbek Karimov hamda Jizzax viloyati Jizzax shahri JPI Akademik litseyi 2-bosqich oʻquvchisi Sardor Tojiboyevlar kumush medal sohibiga aylandi.
Olimpiada gʻoliblari bilan tanishing:
1.Saida Valijonova — Toshkent shahri Yunusobod tumani TPTI AL 2-bosqich oʻquvchisi (oltin medal);
2.Ravshanbek Karimov — Buxoro viloyati Qorakoʻl tumani BDU AL 2-bosqich oʻquvchisi (kumush medal);
3.Sardor Tojiboyev — Jizzax viloyati Jizzax shahri JPI AL 2-bosqich oʻquvchisi (kumush medal);
Xalqaro biologiya olimpiadasi Yaponiya davlati tomonidan tashkil qilingan boʻlib, unda 52 ta davlatdan 262 nafar ishtirokchi qatnashdi.
1997-yilda Oʻzbekiston uchun xalqaro olimpiadadagi ilk medalni biologlar qoʻlga kiritgan, bu bronza edi. 1998-yilda oʻzbekistonlik oʻquvchilar ikkita bronza, 1999-yilda bitta bronza, 2000-yilda ilk kumush medalni olib kelgan. Keyin uzoq tanaffusdan soʻng 2019-yilda uchta bronza qoʻlga kiritilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring