Oʻzbekistonlik oʻquvchi Garvard universiteti talabasi boʻldi

05:23 03 Aprel 2024 Jamiyat
264 0

Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Abdulaziz Sobirov 354 ming dollarlik grant bilan Garvard universitetiga oʻqishga qabul qilindi.

Shuningdek, Abdulaziz AQSHning bakalavriat kollejlari orasida 11-oʻrinni egallaydigan Grinnell kollejining 300 ming dollarlik grant asosidagi qabul xatini ham qoʻlga kiritgan.

Maʼlumotlarga koʻra, Abdulaziz Sobirov IELTS imtihonidan 8,5 ball hamda SAT xalqaro imtihonidan 1560 ball sohibi ham hisoblanar ekan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?