O‘zbekistonlik yo‘lovchilarni Yaponiya hududiga kirishini rad etish holati ortmoqda

12:17 25 Iyun 2018 Jamiyat
1604 0
Foto: The Travel Mentor

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK yo‘lovchilarining Yaponiya hududiga kirishlari rad etilishi holatlari ko‘paymoqda.

Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK axborot xizmati ma’lum qildi.

“Safar maqsadi sabablari tushuntirib berilmagan hollarda, Yaponiya chegara xizmati Sizning kirishingizni man etishi mumkinligini e’tiborga olishingizni so‘raymiz. Kirishni rad etuvchi eng ko‘p sabablardan biri – Yaponiyaga tashrif maqsadini tushuntirib berilmasligi (moliyaviy mablag‘lar, mehmonxona broni mavjud emasligi, qaytish aviachiptasi). Yaponiyaga safarni rejalashtirishda mazkur ma’lumotni inobatga olishingizni so‘raymiz”, - deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?