Oʻzbekistonlik hind tili mutaxassislari Hindistonda malaka oshirishmoqda
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining (TDSHU) bir guruh professor va oʻqituvchilari Agra shahridagi Markaziy hind tili institutida (Kendriya Hindi Sansthan) tashkil etilgan malaka oshirish kurslarida ishtirok etishayotir.
Oʻzbekistonlik mutaxassislar ushbu yetakchi taʼlim maskanida 20 kun davomida hind tili, adabiyoti, tarjimashunoslik, til va adabiyot oʻqitish metodikasi, hind falsafasi, tarixi va madaniyati, jurnalistika, turizm kabi yoʻnalishlarda oʻz bilimlarini oshirishlari bilan birga turli anjumanlarda oʻzlarining ilmiy chiqishlari bilan ham qatnashadi. Hind tilini oʻrganish va tadqiq qilish boʻyicha soʻnggi yangilik va uslublarni ham oʻzlashtirishmoqda.
– Mazkur malaka oshirish kursi bizga hind tili va madaniyatini yanada chuqurroq oʻrganish imkoniyatini berdi, — deydi guruh rahbari Maktuba Murtazaxodjayeva. – Shuningdek, til oʻqitish jarayonidagi yangi zamonaviy uslublar bilan ham tanishyapmiz. Bugungi kunda universitetimizda filologiya, tarix, falsafa, iqtisodiyot, siyosatshunoslik yoʻnalishlarida asosiy va qoʻshimcha sharq tili sifatida hind tili oʻqitilmoqda. Markaziy hind tili institutida olingan bilim va koʻnikmalar universitetimizda zamonaviy kadrlarni tarbiyalash, hindshunoslik sohasini rivojlantirish, ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqalarning rivojlanishiga munosib hissa boʻlib qoʻshiladi, deb umid qilamiz.
Markaziy hind tili instituti Hindistonning tilshunoslik yoʻnalishidagi yetakchi muassasasi hisoblanadi. Bu yerda sohaning yetakchi mutaxassislari toʻplangan.
TDSHU mazkur bilim dargohi bilan yaqin hamkorlik aloqalarini oʻrnatgan. Universitet vakillari institutda tashkil etilayotgan malaka oshirish kurslari va ilmiy anjumanlarda faol ishtirok etadi. Shuningdek, hindistonlik mutaxassislar ham Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan turli xalqaro tadbirlarda muntazam qatnashib kelmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring