Oʻzbekistonlik hakamlar U-17 Jahon chempionatidagi ishtirokini davom ettiradi

17:36 13 Noyabr 2025 Sport
272 0

Rustam Lutfullin U17 jahon chempionati 1/16 finalining markaziy oʻyinida ishlaydi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol hakamlar qoʻmitasining rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.

Manbada yozilishicha, 1/16 finaldan oʻrin olgan Belgiya U17 – Portugaliya U17 oʻyinida Rustam Lutfullin zaxira hakami sifatida ishlaydi. Yana bir oʻzbekistonlik hakam Sanjar Shoyusupov esa beshinchi hakam sifatida tayinlov olgan.

Eslatib oʻtamiz, Belgiya U17 va Portugaliya U17 terma jamoalari oʻrtasidagi oʻyin 14-noyabr kuni boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?