Oʻzbekistonlik fuqarolarga Rossiyada 15 kun “registratsiyasiz” qolishga ruxsat beriladi

Foto: Спутник
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bilan ikki davlat fuqarolarini 15 kun muddatda migratsiya roʻyxatidan oʻtish zaruratidan ozod qiluvchi kelishuvni tasdiqladi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, avvalroq Rossiyada bunday muddat yetti kun, Oʻzbekistonda uch kun bilan cheklangan edi. Migratsion roʻyxatdan oʻtish kunini hisoblash maʼlum bir davlat hududiga kirgan paytdan boshlanadi.
Oʻzbekiston tomonidan mazkur hujjat ijrosini taʼminlash uchun masʼul vakolatli organ Ichki ishlar vazirligi etib belgilandi.
Prezident shuningdek, Tashqi ishlar vazirligiga Rossiya tomoniga kelishuv kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-qoidalari bajarilganligi toʻgʻrisida bildirishnoma yuborishni topshirdi.
Shu bilan birga, Rossiya Ichki ishlar vazirligi yangi qoidalar mamlakatga kelayotgan oʻzbekistonliklar sonining koʻpayishiga hamda migratsiya nazorati samaradorligining pasaymasligiga ishonch bildirgan.
Hozirgi kunda Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Armaniston fuqarolariga migratsiya roʻyxatidan oʻtish uchun 15 kunlik muddat belgilangan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Urganchdan Moskvaga uchgan samolyot yoʻlovchilaridan birining ahvoli ogʻirlashgani sabab Orenburgga qoʻngandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ulugʻ olimning insoniy fazilatlari
- Oʻzbek va belarus kinoijodkorlari tomonidan “Osiyo arsloni” filmining suratga olish ishlari boshlandi
- Namangan maftunkor bayramga tayyorlanmoqda
- Inson — aziz, xotira — muqaddas
- Suv xoʻjaligining quyi boʻgʻinlari takomillashtirilmoqda
- Oʻzbekistonning limon eksporti kamaygan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring