Oʻzbekistonlik dzyudochilar jamoaviy dasturda MDH oʻyinlarining chempioniga aylanishdi
Qozon shahrida boʻlib oʻtayotgan ilk MDH oʻyinlarining navbatdagi kuni ortda qoldi. Ahamiyatlisi, bu kun biz uchun dzyudochilarimizning ajoyib gʻalabasi bilan yodimizda qoldi. Reglamentga koʻra, ushbu kun dasturida dzyudochilarimiz jamoaviy yoʻnalishda gʻoliblik uchun bahs olib borishdi.
Vakillarimiz musobaqani toʻgʻridan toʻgʻri yarim finaldan boshlashdi. Ushbu bosqichdayoq ularga jiddiy raqib – mezbon polvonlari toʻqnash keldi. Quvonarlisi, bu juftlikda hamyurtlarimiz 5:2 hisobida ustun kelib, final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdilar. Oltin medal uchun kechgan bahsda esa Ozarbayjon termasi 5:3 hisobida taslim etildi. Bu haqda MOQ xabar berdi.
Shu tariqa, dzyudochilarimiz jamoaviy yoʻnalishdagi gʻalabalari bilan delegatsiyamizga 22-oltinni taqdim qilishdi. Shuningdek, hisobimizda 29 ta kumush va 30 ta bronza medallari ham mavjud.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring