Oʻzbekistonlik dzyudochilar Osiyo ochiq kubogida 14 ta medal jamgʻarishdi

13:38 17 May 2021 Sport
889 0

Qozogʻistonning Olma-ota shahri mezbonlik qilgan dzyudo boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo ochiq kubogi oʻz yakuniga yetdi.

Musobaqaning soʻnggi kuni yoshlar oʻrtasidagi bellashuvlar boʻlib oʻtdi. Unda dzyudochilarimiz 6 ta oltin, 2 ta kumush, 6 ta bronza, jami 14 ta medalga ega chiqishdi. Terma jamoamiz bitta oltin medal farqi bilan umumjamoa hisobida mezbonlardan soʻng ikkinchi oʻrinni band etdi. Bu haqda MOQ axborot xizmati xabar berdi.

Eslatib oʻtamiz, Osiyo ochiq kubogining dastlabki ikki kunida oʻsmirlar tatamiga chiqishgan va unda Oʻzbekiston terma jamoasi 6 ta oltin, 8 ta kumush, 11 ta bronza medalini qoʻlga kiritgan edi.

Oltin medal sohiblari:

-48 kg: Halimajon Qurbonova

-52 kg: Sita Kadambayeva

+78 kg: Fotima Kuramboyeva

-66 kg: Abdulbosit Abdusalimov

-100 kg: Oʻtkirbek Toʻraboyev

+100 kg: Shohruh Mamarasulov

Kumush medal sohiblari:

-73 kg: Jayhunbek Nazarov

+100 kg: Islombek Ravshanqulov

Bronza medal sohiblari:

-63 kg: Farangiz Rejepova

-70 kg: Farangiz Xolmurodova

-70 kg: Mamlakat Sultonova

-78 kg: Shinar Ibrayeva

-66 kg: Shavkat Saitkulov

-90 kg: Dilshodjon Bahodirov

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?