Oʻzbekistonlik dzyudo ustalari “Katta dubulgʻa” turnirida 2 ta medal qoʻlga kiritishdi

10:46 11 Iyul 2022 Sport
902 0

Vengriya poytaxti Budapeshtda dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turkumiga kiruvchi yana bir musobaqa oʻz poyoniga yetdi. Unda yetti nafar sportchi bilan qatnashgan jamoamiz turnirni kumush va bronza medallari bilan yakunlashdi.

+100 kg vazn toifasidagi vakilimiz Shohruh Baxtiyorov bronza medali uchun bellashuvni oʻtkazdi. Finlyandiyalik Marti Pumalaynenga qarshi tatamiga chiqqan Baxtiyorov ajoyib harakatlari bilan gʻalabani oʻz tomoniga ogʻdira oldi va bronza medaliga ega chiqdi. Ushbu natija bilan polvonimiz oʻz hisobiga jahon reytingi uchun 500, Parij-2024 yoʻlida 250 reyting ochkosini yozib qoʻymoqda.

Shu tariqa, ikkinchi tarkib bilan tashrif buyurgan terma jamoamiz ushbu musobaqani bittadan kumush va bronza medallari bilan yakunladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?