Oʻzbekistonlik bokschilar Osiyoda kim kuchli ekanini yana bir karra koʻrsatib qoʻyishdi
BAAda boks boʻyicha Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi. Bugun erkaklar oʻrtasida final janglari oʻtkazildi.
10 vazn toifasidan 7 tasida hamyurtlarimiz qitʼa chempionligi uchun bahs olib borishdi. Ularning 6 nafari esa terma jamoamiz hisobiga oltin medallarni taqdim qildi. Markaziy jang +91 kg vazn toifasida Bahodir Jalolov va Kamshibek Konkabayev oʻrtasida kechdi. Jang davomida toʻliq ustunlik qilgan Jalolov yakunda yana bir gʻalabani tantana qildi, deb yozadi MOQ matbuot xizmati.
Quyida hamyurtlarimiz qayd etgan natijalar bilan tanishishingiz mumkin:
-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov – Daniyal Sabit (Qozogʻiston) 5:0
-52 kg: Shahobiddin Zoirov – Amit (Hindiston) 3:2
-56 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov – Xarku Enx-Amar (Moʻgʻuliston) 2:3
-69 kg: Bobousmon Baturov – Ablayxan Jusupov (Qozogʻiston) 3:2
-75 kg: Saidjamshid Jaʼfarov – Abilxan Amankul (Qozogʻiston) 4:1
-81 kg: Dilshodbek Roʻzmetov – Meysam Geshlagi (Eron) 3:2
+91 kg: Bahodir Jalolov – Kamshibek Konkabayev (Qozogʻiston) 5:0
Shu tariqa, bokschi yigitlarimiz oʻz yoʻnalishlarida umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi. Erkaklar jamoamiz ushbu chempionatni 6 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza, jami 10 ta medal bilan yakunlashdi.
Bokschilarimizni, ularning murabbiylarini va Oʻzbekiston boks federatsiyasini Osiyo chempionatidagi yana bir muvaffaqiyat bilan samimiy qutlaymiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring